Huawei 1
Toshkentda 16 yoshli voyaga yetmagan bolaga mashinani boshqarishga ruxsat bergan ona javobgarlikka tortildi

Toshkentda voyaga yetmagan bola "Cobalt" avtomashinasini boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.(video) 

Keng muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu holat o‘rganilganda ushbu transport vositasini boshqargan 16 yoshli Aziz ekanligi aniqlandi.

"Kalitni onamdan oldim, avtomashinani soya joyga qo‘yib qo‘ymoqchi edim. Noto‘g‘ri ish qildim, boshqa qaytarilmaydi", dedi avtomashinani boshqargan maktab o‘quvchisi.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsning onasiga nisbatan MJtKning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 135-moddasi (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan bayonnoma rasmiylashtirilib avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82303 | Инструменты