Toshkentda 20 yoshli yigit ehson qutisini o‘g‘irlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs do‘kon yoniga o‘rnatilgan xayriya qutisini o‘g‘irlayotgani aks yetgan video tarqaldi. 

Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2-fevral kuni soat taxminan 00:47 larda 20 yoshli Yoqub ismli shaxs Olmazor tumani "Qo‘shtut" mahallasida joylashgan do‘kon yonida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121808 | Инструменты