Joriy yilning 8-avgust kuni soat 23:50 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Kichik xalqa avtomobil yo'li ko‘chasi 1-uy qarshisida 2002-yilda tug‘ilgan Sh.G'. Malibu 2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo'lning belgilanmagan qismidan kesib o'tayotgan piyoda 1949-yilda tug'ilgan M.H.ni urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51105 | Инструменты