Joriy yilning 4 aprel sanasidan 9 aprel kuniga qadar, Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqining 150-yubiley assambleyasi tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli poytaxtning markaziy ko‘chalarida yuk transport vositalarining harakati to‘liq cheklanishi sababli, qurilish obyektlarida og‘ir va yengil vaznli barcha toifadagi yuk tashuvchi transport haydovchilari faqat Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan harakatlanishlari mumkin.
IIBB YHXB haydovchilarga o‘z yo‘llarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41815 | Инструменты