Huawei 1
Toshkentda 95 foiz iste’molchi oqova suv tizimi bilan ta’minlangani aytildi

Toshkent shahrida 95 foiz iste’molchi oqova suv tizimi bilan ta’minlangani ma’lum qilindi

“Toshkent shahar suv ta’minoti” xabariga ko‘ra, bu tizimni to‘la holda saqlash va undan samarali foydalanish tashkilot zimmasida. Bunda oqova suv inshootlarini soz holatda tasarruf etish tizim faoliyatining asosi hisoblanadi. 

Har mavsum oldidan inshootlarda olib boriladigan profilaktik tadbirlar yuqoridagi maqsadlarga qaratilgan ekani ta’kidlandi. Ayni kunda Bo‘zsuv oqova suv inshootlarda ta’mirlash ishlarida texnologik sozlash ishlari olib borilmoqda.

Oqova suvlarni qabul qilib olishdan tortib tozalangan suvni ochiq suv havasiga qaytarib tashlagungacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarda ishlovchi texnikalar yana bir karra ko‘zdan kechirilib, ta’mirtalab holatlar bartaraf etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73005 | Инструменты