Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta shaxs voyaga yetmagan qizni qarshiligiga qaramasdan o‘pib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8-avgust kuni taxminan soat 18:30 larda 1960-yilda tug‘ilgan M.I., Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yo‘l chetida o‘tirgan voyaga yetmagan 2015-yilda tug‘ilgan Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat bo‘yicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan IIOga ariza tushmagan.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Tergov davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51104 | Инструменты