Huawei 1
Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi maktabda hushidan ketib, qayta uyg‘onmadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Filolgiya maktabida 8-sinf o'quvchisi ochiq qolgan elektr tokiga tegib ketish natijasida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, 27-noyabr  kuni taxminan  soat 18:15larda Mirzo Ulug'bek tumanidagi 99-sonli umumta'lim maktabi  8-“I” sinf oʼquvchisi A.A. maktab  hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida tobi qochgan va hushidan ketgan. Shu vaqtni o‘zida  maktab qorovuli tomonidan tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq  qilingan. Tez yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markaziga olib ketilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi shifokorlari tomonidan yordam ko‘rsatilganligiga qaramay o‘ziga kelmagan.

O'quvchini tok urmagan va mazkur hududda hech qanday elektr toki kabeli uzilgan holat kuzatilmagan. Maktab stadioni va uning atrofida elektr energiya uzatgichlari borligi aniqlanmadi.

Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20705 | Инструменты