Spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda avtomashina boshqargan haydovchi 83 yoshli keksa erkakni urib yuborgan. Ushbu YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatmas voqea joyidan qochib ketgan.
Toshkent shahar Yashnobod tuman sudida ushbu YTHni sodir etgan haydovchi ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Aniqlanishicha, marhum bomdod namoziga shoshilganligi sababli piyodalar harakatu uchun mo‘ljallanmagan joydan chiqib qolgan. Ushbu holatni haydovchi quyidagicha izohladi.
"Gaz zapravkadan chiqib yo‘lda kelayotgan vaqtimda yo‘limdan yoshi ulug‘ inson chiqib qoldi. Men avtomashinamda tormozsiz borib jabrlanuvchini urib yubordim. Ushbu holatda men stress holatiga tushib qoldim va avtomashinamni tashlab, uyga bordim. Shundan keyin Toshkent shahar IIBBga borib bo‘lgan voqeani aytib berdim. Pivo iste’mol qilgandim. Piyoda chiqib qolgan joyda avtomashinani to‘xtatishni imkoni yo‘q edi", — dedi haydovchi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan haydovchiga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi va 117-qismi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga ko‘ra, JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70708 | Инструменты