Huawei 1
Toshkentda bayram munosabati bilan talabalar uchun qo’shimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 23-dekabr kuni soat 10:00 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:

Toshkent — Olot (Buxoro);
Toshkent — Qarshi;
Toshkent — Termiz.

Chiptalar  Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yoʻnalishda belgilangan narxlarda xizmat koʻrsatishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l  vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali berilishini maʼlum qilindi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты