21 aprel kuni Toshkent shahrida BYD va Spark to‘qnashib ketishi ortidan BYD haydovchisi jarohatlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:30 larda Mirobod tumanining Katta Mirobod ko‘chasida 1994 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi hamda 1984 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi BYD avtomashinalari bilan YTH sodir etgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida BYD haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42410 | Инструменты