Toshkent shahar hokimligi va Transport vazirligi hamkorligida Tozapoytaxt.uz axborot tizimi ishga tushirildi. Endilikda poytaxt aholisi chiqindi tashuvchi texnikalarning harakatini GPS tizimi orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.
Shuningdek, chiqindilar sohasidagi shikoyat va murojaatlar endi Xalqnazorati.uz platformasi orqali markazlashtirilgan tarzda qabul qilinadi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab tizim yanada kengaytiriladi:
Har bir mahallaga chiqindi tashuvchi texnikaning kelish vaqti hamda yo‘nalishi onlayn kuzatiladi;
Mahallalarni konteynerlar bilan ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur joriy etiladi;
Kunlik chiqindi hajmi ochiq e’lon qilinadi;
Fuqarolar xizmat sifatini baholay oladi;
Yuridik tashkilotlar bilan shartnomalar ijrosi onlayn nazorat qilinadi.
Mazkur tashabbuslar poytaxtda chiqindilarni boshqarish tizimini shaffof, qulay va samarali qilishga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111217 | Инструменты