Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 2 iyun kuni soat 23:50 larda Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda-Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida Damas rusumli transport vositasi va Skuter mototransport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Skuter mototransport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60507 | Инструменты