Toshkentda dunyo ekspertlari ishtirokida internet rivojiga oid "RIPE NCC Days in Tashkent" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 22-23-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida xalqaro konferensiya bo'lib o'tadi. Tadbir doirasida IPv6 ning joriy etilishi, mintaqada Internet almashinuv nuqtasi (IXP) harakatlari va Internet buyumlari (IoT) kabi Internet bilan bog‘liq qator mavzular bo‘yicha yalpi taqdimotlar o‘tkaziladi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston internet sanoati uchun katta ahamiyatga ega. Konferensiya davomida internet sohasi vakillari mintaqaviy darajada bilim va tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Xalqaro konferensiya Internet tarmog‘i operatorlari o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va muhim texnik masalalar bo‘yicha ochiq muloqot va muvofiqlashtirish uchun hududni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Tashkilotlar o‘rtasidagi ushbu texnik muvofiqlashtirish O‘zbekiston va butun mintaqada Internetga ulanish xavfsizligi va barqarorligini saqlashga yordam beradi.
Bundan tashqari, ushbu tadbir ishtirokchilari global darajadagi Internet sanoatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishadi.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad — O‘zbekistonning mintaqadagi amaliyotda va ta’lim berishda yetakchi mavqega ega bo‘lishi, shuningdek, mintaqaviy va global domen sohasida yagona integratorning xalqaro aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, ushbu sohadagi vakolatlarni oshirish hamda xalqaro tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishdir. Bu bilim va tajriba almashish va kelgusi hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ma’lumot uchun: RIPE NCC Internet-resurslarni taqsimlash, shuningdek, Internetning ishlashini global qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadigan beshta mintaqaviy Internet ro‘yxatdan o‘tkazuvchilaridan (Regional Internet Registries) biri hisoblanadi. RIPE NCC ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar uyushmasi (Local Internet Registry, LIR) sifatida faoliyat yuritadi. LIR sifatida asosan yirik internet provayderlar yoki korporasiyalar ishtirok etadi. Tashkilot 1992-yil aprel oyida tashkil etilgan. RIPE NCC ofisi Niderlandiyaning Amsterdam shahrida joylashgan. Anjumanda global tarmoqning yangi parametr va bayonnomalarini ishlab chiqish va joriy etishda bevosita ishtirok etuvchi jahonga mashhur internet ekspertlari ishtirok etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70409 | Инструменты