19 fevral kuni ertalab Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida Lacetti avtomobili oldinda harakatlanayotgan mashinalarga urilib ketdi.
Videoregistratorlardan olingan yozuvlarda sedanning zich va sekin harakatlanayotgan oqimda tezlik bilan Lada va Cobalt orasidan o‘tib, ularga shikast yetkazganini ko‘rish mumkin. So‘ngra u Malibu‘ga borib urilgan.
Poytaxt IIBB YHXB xabar berishicha, YTHga haydovchining rulda uxlab qolishi sabab bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q. Tergov boshlandi.
Maxtumquli ko‘chasi Toshkent viloyatidan poytaxt markaziga olib boradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22110 | Инструменты