Bahor kelishi bilan Toshkent shahriga iliq ob-havo va quyoshli kunlar ham qaytdi. O‘zbekiston gidrometerologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 8-martdan 14-martgacha bo‘lgan davrda Toshkentda o‘rtacha sutkalik harorat 11,6 °C (minimal – 9 °C 8 martda, maksimal – 13,1 °C 14-martda) daraja bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi «Ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti xizmati ko‘rsatish tartiblari to‘g‘risida»gi 194-son qaroriga ko‘ra, o‘rtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh mobaynida 8 °C darajada saqlanib tursa, isitish mavsumi yakunlanadi. Ushbu qarorga asoslanib, Toshkent shahri hokimligi tez orada 2024–2025-yillar uchun isitish mavsumini yopish haqida qaror qabul qiladi.
Isitish mavsumi yakunlangach, keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining muhim bosqichi boshlanadi.
«Veolia Energy Tashkent» MChJ XK kompaniyasi yilning sovuq mavsumida issiqlik ta’minoti yanada barqaror va sifatli bo‘lishi uchun issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalar va nasos stansiyalarida joriy hamda kapital ta’mirlash ishlarini olib boradi.
Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruvchi kompaniyalar va UJMShlar mavjud binolarda muhandislik kommunikatsiyalarni keyingi isitish mavsumiga hozirlashni boshlashlari, jumladan, uylardagi isitish tizimlarini yuvish, joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishlari kerak.
Kvartiralar egalari esa xonadondagi batareyalar yaxshi holatda bo‘lishiga e’tibor qaratishlari kerak, chunki keyingi isitish mavsumidagi qulaylik shunga bog‘liq bo‘ladi. Biz xonadoningiz yilning sovuq davrida issiq va shinam bo‘lishi uchun isitish radiatorlarini yuvdirishni tavsiya qilamiz", deyiladi kompaniya xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31717 | Инструменты