Huawei 1
Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot sinov rejimida ishlay boshladi

Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot sinov rejimida ishlay boshladi.

Voqea guvohlari poytaxt ko‘chalarida kamera va miltillovchi chiroqlar bilan jihozlangan to‘rt g‘ildirakli robotni payqadi. Robot profilaktika inspektori yordamchisi vazifasini bajaradi. 

U shahar va qishloq joylarda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan. To‘rt g‘ildirakli yordamchi GPS tizimi, yozib olish funksiyasiga ega yuqori aniqlikdagi 180 va 360 darajali kameralar bilan jihozlangan. Mayoq qoidabuzarliklar haqida ogohlantirish uchun mo‘ljallangan.

Mashina barcha turdagi huquqbuzarliklarni, hatto chiqindini noto‘g‘ri joyga tashlashni ham yozib olishi mumkin. Ular haqidagi ma’lumotlar profilaktika inspektorining planshetiga yuboriladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga