Huawei 1
Toshkentda KIA poyga o‘ynab, yo‘ldagi piyodani urib yubordi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda avtomashina ustaxonasi qarshisida ikki avtomobil poyga o‘ynagani, ulardan biri shu yerda turgan fuqaroning urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9-may kuni soat 17:00 larda Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi Avtotuning ustaxonasi qarshisida haydovchi 2000-yilda tug‘ilgan A.X. KIA rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 1997-yilda tug‘ilgan D.K.ni urib yuborgan.

YTH natijasida, piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Ammo, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122417 | Инструменты