Toshkentda MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya MOQ rahbarlari ishtirokida mintaqaviy forum o'tkazildi
Bugun, 2 noyabr kuni Toshkent shahrida MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya Milliy olimpiya qo‘mitalari rahbarlari ishtirokida mintaqaviy forum o‘tkazildi. Unda ushbu mintaqa vakillarining Milliy olimpiya qo‘mitalari rahbarlari va mutasaddilari ishtirok etishdi.
Mazkur forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya davlatlari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda olib borilayotgan hamkorlikni sport yo‘nalishida ham yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va birgalikda taraqqiy etishning yangi rejalarini muhokama qilishdan iborat.
Forumda mintaqaning 14 mamlakatidan 34 nafar delegat ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida bir nechta MOQ prezidentlari, Bosh kotiblari, yaqin o‘tmishdagi nufuzli musobaqalarning g‘olib va sovrindorlarini ham uchratish mumkin.
“Hilton Tashkent City” mehmonxonasida forumning yalpi yig‘ilishlari boshlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120611 | Инструменты