Huawei 1
Toshkentda “Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” II Xalqaro forumi boshlandi

8-9 noyabr kunlari poytaxtimizdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida «Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar» II Toshkent Xalqaro forumi o‘tkazilmoqda. Forum SAIPRO axborot-reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston Milliy Media Kengashi va Toshkent Reklama Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Forumga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalar va raqobatni kuchaytirishga ko‘maklashish Davlat qo‘mitasi va Intellektual Mulk agentligi rasmiy ko‘mak berishgan.

Tadbirning bosh hamkori - "Huawei Tech Investment Tashkent" ChK MChJ, homiylar orasida – “O‘zbekiston kabel televideniyesi” va «ZO'R TV» telekanali, keng ko‘lamli ushbu professional voqeaga «UZREPORT TV» Bosh axborot ko‘magini bermoqda.

Mazkur forum keng ko‘lamli ixtisoslashtirilgan tadbir bo‘lib, mass-media bozorining turli ishtirokchilari orasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish, media-kontentni shakllantirish va yetkazib berishga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish, media-makonda marketing va reklama bozorini rivojlantirish istiqbollari, bu sohalarda tajriba almashish uchun interaktiv maydon yaratishni ko‘zda tutgan.

Tadbirda teleradiokompaniyalar, reklama agentliklari va yirik reklama beruvchilar, internet industriya, kabel va sun’iy yo‘ldosh platformalari, telekommunikatsion kompaniyalar, soft-kompaniyalar, media kontent ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarning vakillari va boshqa manfaatdor kompaniyalar qatnashmoqda.

Forum ishida O‘zbekiston, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh va Turkiya kabi mamlakatlardan jami 150 delegat qatnashmoqda.

Forumning ikki ish kuni davomida mediatarmoqni rivojlantirish va istiqbollariga oid bir kator mavzular muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Ular media, reklama va zamonaviy texnologiyalar sohasida biznesni rivojlantirish sharoitlari, televizion va raqamli OAV lar sohasida reklama-marketing strategiyalari va zamonaviy texnologiyalar, tashqi va transportda reklama, yangicha rivojlanish kabi sho‘‘balarda ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, forum doirasida BBC Worldwide Tijorat vakolatxonasining rahbari Sergey Stanovkin ishtirokida “Kommunikatsiyalar strategiyasi va O‘zbekiston milliy brendini ilgari surish” mavzusida diskussiya ham o‘tkaziladi.

Shuningdek, Forum qatnashchilarini unikal tadbir, ya’ni ABC SHOW - dunyoning eng yaxshi reklama roliklari kolleksiyasining namoyishi kutmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60422 | Инструменты