Joriy yilning 10-mart kuni soat 16:10 larda Shayxontohur tumani Beruniy-Paxta ko'chalari chorrahasida 1983 yilda tug'ilgan M. A. boshqaruvida bo'lgan BYD rusumli avtomashinasi hamda 2003 yilda tug'ilgan Z. F. boshqaruvidagi KAVASAKI rusumli motosikli ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo’lgan.
YTH natijasida KAVASAKI rusumli motosikl haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Andijonda Damas 10 yoshli qizaloqni urib yuborgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82808 | Инструменты