Huawei 1
Andijonda Damas 10 yoshli qizaloqni urib yubordi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida Damas 2015 yilda tug‘ilgan qizaloqni urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yil 25 fevral kuni soat 14:30 larda, Oltinko‘l tumani “Toptiq” MFY hududidan o‘tgan D-105 “Farg‘ona xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 124-kilometrida 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi S.I. o‘zining boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, qatnov qismini belgilanmagan joyidan keskin yugurib o‘tgan 2015 yilda tug‘ilgan piyoda O.N. ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.  

Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida piyoda O.N. olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Uychi tumanida Lacetti 11 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgan edi. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30123 | Инструменты