Huawei 1
Toshkentda nomaʼlum erkak voyaga yetmagan o‘quvchi qizga tashlandi 

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs voyaga yetmagan qizga nisbatan kuch ishlatganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 mart kuni taxminan soat 16:30 larda Yashnobod tumani “Do‘stobod” mahallasi hududida, 2006 yilda tug‘ilgan, 2-guruh nogironi, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi X.D. shu yerdan o‘tib ketayotgan voyaga yetmagan 2013 yilda tug‘ilgan M.X.ga nisbatan kuch ishlatgan. 

M.X. baqirganligi natijasida, X.D. uni qo‘yib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida M.X.ga zarar yetmaganligi aniqlangan va u bilan psixolog tomonidan suhbat o‘tkazilgan. 

Fuqaro X.D. voqea sodir bo‘lgan kunning o‘zida shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. 

Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Avvalroq, Toshkentda 9 yoshli o‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchi qamalgani haqida xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31903 | Инструменты