Huawei 1
Toshkentda o‘quvchilari “Katyusha”ni aytmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ishdan olindimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi maktablardan birining direktori o‘qituvchini o‘quvchilari “Katyusha” va “Smuglyanka” qo‘shiqlarini kuylamoqchi bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatgani va maktabda Xotira va qadrlash kuni tadbirlari o‘tkazilmagani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanidagi maktablardan birida boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi joriy yilning 8 may kuni o‘zi rahbarlik qilayotgan 4-“G” sinf o‘quvchilari bilan maktab ma’muriyatini ogohlantirmasdan dars jadvalida birinchi soatda ko‘rsatilgan matematika fani darsini o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan Xotira va qadrlash kunini nishonlashga uringan. Bundan xabar topgan maktab ma’muriyati o‘qituvchini dars mahalida bunaqa tadbir o‘tkazishi mumkin emasligi haqida yana bir bor ogohlantirgan. Bu kabi tadbirlar darsdan keyin o‘tkazilishi zarurligini, agar o‘zboshimchalik qiladigan bo‘lsa, o‘qituvchi ishdan bo‘shash uchun ariza yozishi lozimligini bildirgan.

Bildirilishicha, bundan tashqari, mazkur ta’lim muassasasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yilning 7 may kuni o‘quvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51223 | Инструменты