Avvalroq, Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani haqida xabar bergan edik.
Tergovga qadar tekshiruv natijasida 2016-yilda tug‘ilgan Y.M. va Sh.U. larning qo‘llarini kaft qismini ustki qismiga burama mix (samorez)ni bir necha marta tiqib kelib, o‘quvchilarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazganligi aniqlangan.
18-aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan S.R. ga (2002-yilda tug‘ilgan) nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov doirasida qo‘liga igna sanchilganligi aytilgan 1-sinf o‘quvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.