Huawei 2
Kolumbiya prezidenti Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qildi

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro mamlakat Isroil bilan diplomatik munosabatlarni 2-may kuni uzishiga va’da berdi.

"Isroil prezidenti va hukumati genotsid sodir etayotgani sababli bu davlat bilan diplomatik aloqalar uziladi”, - dedi Petro.

"Menimcha, bugun ko'chadagi barcha odamlar, millionlar bizdan rozi", - deya qo'shimcha qildi Kolumbiya prezidenti.

Kolumbiya hukumati Isroilga nisbatan radikal, biroq ayni paytda Falastinning HAMAS harakatining hujumlarini qoralamadi. Bir muddat avval Isroilning Bogotadagi elchisi Gali Dagan maslahatlashuvlar uchun Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga