Huawei 1
Toshkentda o‘zini treyder deb tanishtirib, o‘zganing 7 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatida yashovchi ayol P.Sh. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 7 mln so‘m pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi A.S. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.S., jabrlanuvchi P.Sh. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan 7 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123021 | Инструменты