Huawei 1
Toshkentda qizini haqoratlagan bolaning akasini kaltaklagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Avvalroq, Toshkent shahrida 32 yoshli erkak 16 yoshli bolani kaltaklagani va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilgan edik.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro M.I.ning qizi sinfdoshi bilan janjallashgan. Qizining taʼkidlashicha, sinfdoshi uni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, tahdid qilgan. So‘ngra qizning ota-onasi boladan kechirim so‘ratish maqsadida uning uyiga borib, janjal ko‘targan. Natijada uning akasini turli joylariga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar JIB Sirg‘ali tumani sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro M.I. MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan MJtKning 183- moddasi bilan o‘n besh sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Uning ayoliga nisbatan BHMning bir baravari yaʼni 340 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты