Huawei 1
Toshkentda 32 yoshli shaxsning o‘smirga qo‘l ko‘targani sababi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro tomonidan boshqa shaxsga qo‘l ko‘targanligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16-sentyabr kuni Sergeli tumani 5-mavze hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida, 1992-yilda tug‘ilgan M.I. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida voyaga yetmagan 2008-yilda tug‘ilgan T.T.ni bir necha marotaba urgan. Bunga sinfdoshlar: M.I.ning qizi va T.T.ni ukasi o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan.

Birlamchi tibbiy maʼlumotga ko‘ra, voyaga yetmagan T.T.ga “Chap ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91909 | Инструменты