Huawei 1
Toshkentda “Rolton” brendi nomidan qalbaki mahsulot ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.M. o‘z uyida yashirin ishlab chiqarish sexi tashkil qilganligi aniqlandi.

Ma'lum qilinishicha, “Rolton” brendi ostida iste’molchilarning sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotni qo‘lbola usulda ishlab chiqarib, qadoqlab sotish uchun tayyorlab qo‘yganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 464 dona qadoqlangan “Rolton”, 68 kg sariq va 7,49 kg qizil rangli kukunlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, “Rolton” mahsuloti huquqiy egasi “M.F.” kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro X.M. tomonidan ishlab chiqarilgan “Rolton” mahsuloti qalbaki ekanligi, olingan kukunlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmaganligi, qadoqlangan paketlardagi kod raqamlari ham qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91500 | Инструменты