Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytirdi

12-sentabr, juma kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishiga javoban Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslariga nisbatan amaldagi sanksiyalarni olti oyga uzaytirishga kelishib oldilar. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas xabar berdi.

U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi, 19-sanksiyalar paketi ustida ishlashni yakunlayotganini taʼkidladi. Kallasning so'zlariga ko'ra, ushbu paket Rossiya Federatsiyasining "soya floti" va banklariga qaratilgan bo'lib, Rossiya neftini sotish bo'yicha keyingi cheklovlarni ham o'z ichiga oladi.

“Biz Putinning urush olib borish uchun pul olishiga to‘sqinlik qilishda davom etamiz”, deb va’da berdi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

OAV xabarlariga ko‘ra, YeI 19-sanksiya paketi doirasida Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berilishini yanada cheklashi mumkin. 12 sentabr kuni dpa agentligi Germaniya hukumati rossiyaliklar uchun viza rejimini kuchaytirish tarafdori ekanini maʼlum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91316 | Инструменты