Toshkentda sotsiolog olim o‘z uyida o‘ldirib ketildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Uzreport.news manbasiga xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yil 18-iyul kuni soat 22:00larda, Olmazor tumani IIO FMB navbatchilik qismining “102” telefon raqamiga, Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/5-daxasi, Muxbir ko‘chasi, 10-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ushbu Muxbir ko‘chasi, 10-uyning 57-xonadonida shovqin ovozi eshitilayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabar bo‘yicha tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelib, xonadon eshigini ochishganda ushbu xonadonning balkon qismida fuqaro 1951-yilda tug‘ilgan K.A. tanasining turli qismida kesilgan tan jarohatlari bilan vafot etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Sodir etilgan jinoyat sabablari aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты