Huawei 1
Toshkentda suvdan qarzi borlar markaziy tarmoqlardan uzilmoqda

So‘nggi yillarda “O‘zsuvtaʼminot” AJ tizimi, xususan, “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ tomonidan poytaxt aholisiga yetkazib berilgan ichimlik suvi hamda oqava suv bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun undirilishi lozim bo‘lgan debitor qarzdorlik yildan yilgan ortib bormoqda. Jumladan, Toshkent shahar isteʼmolchilarining “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ oldidagi qarzi 250 milliard atrofida saqlanib qolmoqda. Bu esa korxona tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalarning kechikishiga, Jamiyat tizimida moliyaviy muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu kabi omillarni inobatga olib, “O‘zsuvtaʼminot” AJ hamda uning hududiy tuzilmalari tomonidan debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha safarbarlik eʼlon qilindi

Unga ko‘ra isteʼmolchilardan qarzlarni undirish, to‘lovni amalga oshirishni istamaganlarni esa markaziy suv va kanalizatsiya tarmoqlaridan uzish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shundan kelib chiqib, “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJning shahar suv tarmoqlari hamda oqava suv tarmoqlari, shuningdek, abonentlar boshqarmalarining mutaxassislaridan iborat maxsus guruhlar tuzildi. Ular yuqori qarzdorlikka ega isteʼmolchilardan suv va kanalizatsiya uchun haqlarni undirishga jalb etildi. Ko‘rsatilgan xizmat uchun o‘z vaqtida haq to‘lashni istamagan isteʼmolchilar ayovsiz markaziy tarmoqlardan uzila boshladi.

Suv taʼminoti korxonalarining birdan bir moliyaviy manbai bu isteʼmolchilardan undiriladigan suv va kanalizatsiya haqidan keladigan mablag‘dir. Tizimdagi barcha texnik va texnologik amaliy ishlar ana shu manba hisobidan amalga oshiriladi. Yuqoridagi kabi qarzdorlikning yuzaga kelishi esa tizimni rivojlantirishni ortga surish bilan birga yana ko‘plab moliyaviy muammolarning yuzaga kelishiga olib keladi.

“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ tarkibidagi korxona va inshootlarda 4 mingdan ziyod ishchi xodimlar mehnat qiladi. Ularning samarali mehnat qilishi albatta o‘z vaqtida ish haqi va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlovlarga bog‘liq. Undan tashqari eskirgan tarmoqlarni yangilashdan tortib, yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etishda ham zarur ehtiyot qism bilan taʼminlash uchun ham mablag‘ zarur”, - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61711 | Инструменты