Huawei 1
DXX Toshkentda tadbirkordan $23 ming pora olgan advokatni qo'lga oldi

DXX tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida advokatlar faoliyatidagi noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.

Xususan, Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati, 1985 y.t. shaxs o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorga MCHJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llamaslik evaziga $23 ming talab qilib, mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtda ushlandi.Shu bilan birga, poytaxtda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi advokatlik firmalaridan birining advokati fuqarodan $12 ming olgan vaqtda qo'lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, advokat go'yoki sud idoralaridagi mansabdor tanishlarining imkoniyati orqali fuqaroning turmush o‘rtog‘iga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosini boshqa yengil turdagi jazoga o‘zgartirib berish evaziga $9 ming hamda fuqaroga muqaddam yuridik xizmatlarni ko‘rsatganligi uchun advokatlik to‘lovlarini amalga oshirgan bo‘lishiga qaramasdan, sudga harajat qilganligini ro‘kach qilib, ta’magirlik yo‘li bilan qo‘shimcha $3 ming talab qiladi.Bundan tashqari, Samarqand shahridagi advokatlik firmasi advokati sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroning Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan turmush o‘rtog‘iga nisbatan boshqa yengilroq jazoga almashtirish masalasini hal qilib berish evaziga undan $10 ming berishni talab qiladi. DXX tomonidan IJQK departamenti hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты