“O‘zsuvta’minot” tomonidan joriy yil sentabr oyi holatiga ko'ra, aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 83% ga, oqova suv qamrovi esa 22% ga yetkazildi
O'zbekistonda yanvar-sentyabr oylarida 207 ming kishi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi, 1,6 mln aholining suv ta’minoti yaxshilandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati rahbari “2026 yilning 9 oyida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi” mavzusidagi brifingda ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil sentabr oyi holatiga ko'ra, aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 83,3 foizga, oqova suv qamrovi esa 22,1 foizga yetkazildi.
Shuningdek, 207 ming nafar aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi, 1,6 million nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Mavjud 8 992 ta mahallaning 5 343 tasi ichimlik suvi bilan to‘liq, 3 116 tasi qisman ta’minlandi.
Yil boshidan iste’molchilarga 779 mln kub metr ichimlik suvi yetkazib berildi, 390,1 mln kub metr oqova suv xizmati ko‘rsatildi, suv hisoblagichlari bilan ta'minlanganlik darajasi 90% ga yetgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101119 | Инструменты