Birinchi o‘rinni Xitoy egalladi. Ikkinchi pog‘onada AQSH, uchinchida esa Hindiston joylashgan. O‘zbekiston reytingda 71-o‘rinni egallagan
O‘zbekiston joriy yilgi dunyoning eng qudratli va ta’sirli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladi. Bu haqdagi ma’lumotlar “World Population Review” saytida e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston Markaziy Osiyodan ro‘yxatning birinchi yarmiga kirgan yagona mamlakat bo‘ldi. O‘zbekiston 71-pog‘onada joylashdi. 100 ta davlatdan iborat reytingga Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kiritilmagan.
Birinchi o‘rinni Xitoy egalladi. Ikkinchi pog‘onada AQSH, uchinchida esa Hindiston joylashgan. Birinchi o‘ntalikka, shuningdek, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Meksika va Italiya kirgan. Rossiya 11-o‘rinni egallagan.
Reytingning oxirgi o‘rinlarini Seyshel orollari, Iroq, Panama, Bahrayn, Albaniya, Zimbabve, Mo‘g‘uliston, Livan va Kipr egallagan.
Reyting Pensilvaniya universitetining Uorton maktabi hamda BAV Group bilan hamkorlikda “U.S. News & World Report” tomonidan o‘tkaziladigan har yilgi “Best Countries” tadqiqoti ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Mamlakatlarni baholashda ularning ta’sirini tashkil etuvchi turli omillar, jumladan, harbiy qudrati, iqtisodiy imkoniyatlari, siyosiy ta’siri, nufuzli geosiyosiy bloklardagi ishtiroki, shuningdek, savdo-iqtisodiy ta’siri hisobga olinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101117 | Инструменты