Joriy yilning 10-aprel kuni soat 17:30da Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan 110-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Muxamaddinov Saloxiddin Sirojiddin o‘g‘li vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Uzreport.news'ga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, holat bo'yicha shu kuni soat 18:10larda Mirobod tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga tuman hokimi, tuman prokuraturasi, tuman IIO FMB rahbariyati, tezkor navbatchilik guruhi chiqishgan.
Maktab kuzatuv kamerasi videyozuvlari o‘rganilganda, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik bo‘lmagan.
Sud tibbiyot ekspertizasining bugun, 11-areldagi 160-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, S.Muxammadinovning o‘limiga "oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki aʼzolari to‘laqonligi, bosh miya va o‘pkalar shishi" sabab bo‘lgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110617 | Инструменты