Huawei 1
Toshkentdagi maktab hududida 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holatda topildi

Hodisa 10-fevral kuni soat kechki soat 20:00 lar atrofida poytaxtning Yunusobod tumanidagi maktablardan birida sodir bo‘lgan.

Bosh prokuratura bergan maʼlumotga ko‘ra, maktabning 3-sinf o‘quvchisi, 10 yoshli bola futbol o‘ynash uchun maktabning sport maydoniga kelgan. Shu vaqtda u maydonda bo‘lgan yigitlarga hojatxonaga ketayotganligini aytgan. Ammo, oradan vaqt o‘tib, u qaytib kelmagach, maydondagi yigitlar uni qidirishgan hamda o‘quvchini maydon oldidagi devor tagidan hushsiz holatda topishgan.

Shundan so‘ng, maktab direktori o‘rinbosari kelib, o‘quvchini darhol yo‘lovchi mashinada shifoxonaga olib borgan. Shifoxonada bolaga klinik o‘lim tashxisi qo‘yilgan.

Hozirda marhum bolaning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sugp oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Vafot etgan bola dars jarayoni vaqtida bo‘lmagan. Holat shanba kuni bo‘lgan, bu kuni boshlang‘ichlarga dars bo‘lmaydi. O‘g‘lim bilan parallel sinfda o‘qiydi. Har kuni birga kelib futbol o‘ynashadi. Mahallamizda bolalar maydonchasi yo‘q. Kameralar faqat maktabga kirish joyida bor", - deydi maktab atrofida yashovchi onalardan biri.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72720 | Инструменты