Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofot (Zayed Sustainability Prize)ning «Global o‘rta maktablar» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Bu haqda jurnalist Aziza Qurbonova xabar berdi.
Mukofotni BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.
Mukofot 5 yo‘nalishda – sog‘liqni saqlash, ta’lim, energiya, suv va global maktablar yo‘nalishida beriladi. Mukofotga 156 davlatdan 5980 ta loyiha arizasi kelib tushgan bo‘lib, o‘zbekistonlik o‘quvchilar 150 ta maktabda yomg‘ir suvini yig‘ish bo‘yicha loyiha ishlab chiqishgan. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston jamoasiga Turkiya va Ozarbayjon vakillari raqib bo‘lishgan (g‘olib jamoa 150 ming dollar grant oladi).
Har bir yo‘nalishda g‘oliblar barqarorlik loyihalari uchun moliyaviy yordam oladi. Jami fond — 3 million dollar.
Ma’lumot uchun, ushub mukofot ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni rag‘batlantirib, 2008 yilda BAA asoschisi Shayx Zayd bin Sulton al-Nahayyon merosini davom ettirish maqsadida ta’sis etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Abu-Dabidagi taqdirlash marosimida ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11503 | Инструменты