Huawei 1
Toshkentning “Alisher Navoiy” metro bekatida 18 yashar talaba qiz poyezd relsiga sakradi

 Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” metro bekatida 18 yoshli talaba qiz poyezd relsiga sakradi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha holat 12-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni payt bekatda xizmat olib borayotgan IIO xodimi qiz elektr poyezdi stansiyaga yaqinlashayotgan paytda relsga sakrab tushganini ko‘rib, darhol poyezdni to‘xtatishga buyruq bergan. 

Xodim darhol unga yordamga shoshilgan va relsga sakrab tushib uni ko‘tarib tortib olishga harakat qilgan.

Mashinist xodimni payqab, darhol elektr poyezdini to‘xtatgan. Bu vaqtda ikkinchi nazoratchi xodimi yordamga yetib kelgan va u ham relsga tushib, qizni birgalikda platformaga ko‘tarib olishgan.

Qizga birinchi yordam ko‘rsatilib, u bilan suhbat o‘tkazilgan. 2005-yilda tug‘ilgan farg‘onalik qiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi ekani aniqlangan. Xodimlar qizning qarindoshlari bilan bog‘lanib, voqea haqida xabar berishgan. 

Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng, stansiyada joylashgan kuzatuv kameralaridagi videoyozuv tekshirilganda voqea vaqtida qiz o‘zini noodatiy tutgani aniqlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20622 | Инструменты