Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.
Shavkat Umurzakov o‘zbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu, shubhasiz, davlatlar rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini ta’kidladi. Hamda bunda turk diplomatik korpusining ham xizmati beqiyosligini e’tirof etdi.
Mehmon, qabul uchun minnatdorlik bildirib, uning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini ma’lum qildi hamda avval muhokama qilingan masalalar – Turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bog‘ini tashkil etish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro muloqotni davom ettirish hamda har ikki davlat uchun manftaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20620 | Инструменты