Huawei 1
Tovarlarning hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklash bekor qilindi

Prezident tomonidan 29.08.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-950-son Qonun imzolandi.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi”gi Qonunga kiritilayotgan me’yorga asosan:

  • tadbirkorlik subyektlari tovarlari, хizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining respublika hududida erkin harakatlanishi, ushbu subyektlar davlat roʻyхatidan oʻtgan hududdan qat’i nazar, kafolatlanadi;
  • tadbirkorlik subyektlari tovarlari, хizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklashga, toʻхtatib turishga va taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.2024 yildan kuchga kirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91800 | Инструменты