Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 31,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 ming nafarga yoki 5,8 foizga oshgan.
2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining safar maqsadlari:
• qarindoshlarni yo‘qlash – 13 444 nafar;
• sayyohlik – 12 661 nafar;
• xizmat yuzasidan – 4 833 nafar;
• tijorat – 410 nafar;
• o‘qish – 42 nafar;
• davolanish – 17 nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20512 | Инструменты