Huawei 1
Urganchda shoqollar paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Urganch tumanida shoqollar yurgani aytilmoqda" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, ushbu hudud Urganch tumani, Chandirqiyot qishlog'i, "Baqaylar" mahallasi hududi bo'lib,  chiyabo‘ri (shoqol)larni O‘zbekiston Respublikasining "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni  talablariga muvofiq muhofaza qilish choralarini ko‘rish hamda inson xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazilishini oldini olish maqsadida havaskor ovchilar guruhi shakllantirilib, hurkitish ishlari olib borilayotganligi bildirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82709 | Инструменты