AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi orqali ajratiladigan grant uchun arizalar qabul qilina boshlandi.
Ushbu tashabbus tadbirkorlik muhitini yaxshilash, xususan to‘qimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi muhim yo‘nalishlar taraqqiyotini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Dastur kichik va o‘rta biznes korxonalari, nodavlat tashkilotlar va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga hissa qo‘shadigan boshqa tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu galgi grant miqdori qo‘shma moliyalashtirish sharti bilan 25-100 ming dollarni tashkil qiladi. Ko‘pgina korxonalar uchun loyiha xarajatining 50 foizi qoplanadi.
Maʼlumki, USAID ayollar, yoshlar va boshqa ehtiyojmand toifalarga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga alohida eʼtibor qaratadi. Yaʼni, xarajatning 80 foizigacha qismi moliyalashtirilishini taklif qilishi mumkin.
15 oktyabrgacha ariza berish mumkin bo‘lgan ushbu grant tashabbusidan ko‘zlangan maqsad faol, innovatsion va barqaror tadbirkorlik ekotizimini shakllantirish orqali uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122122 | Инструменты