Huawei 1
“Uyimni kadastr qilganimdan so'ng yana yoniga qo'shimcha uy solganman. Bu holatda kadastr qilinadimi?”

AOKA huzuridagi shtabda  «Davergeodezkadastr» qo'mitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori Mohirxo'ja Valiyev ishtirokida bo'lib o'tgan brifingda sohaga oid savollarga javob qaytarildi:

Auksiondan emas, hokimiyat orqali ham yer maydoni uchun qaror chiqarsa bo'ladimi?

Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga, shuningdek tuman fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo'lgan yosh fuqarolarga dehqon xo'jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan UMRBOD EGALIK QILISHGA yer uchastkasi berilishi mumkin.

Asos — O'zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik to'g'risidagi talab yangi sug'oriladigan yer massivlari uchun qo'llanilmaydi.

Uyimni kadastr qilganimdan so'ng yana yoniga qo'shimcha uy solganman. Bu holatda kadastr hujjatlarimga qo'shimcha kiritamanmi?

O'zingizga tegishli yer maydoniga qurilish qilgan bo'lsangiz, bunga kadastr qilib beriladi.  
Kadastr xizmatlariga to'lanadigan belgilangan xizmat haqqi faqat qo'shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo'lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Qurilishi tugallanmagan binoga kadastr hujjatini qanday rasmiylashtirsam bo'ladi? Uyning eski va yangi qismiga alohida kadastr hujjati rasmiylashtirish tartibi qanday?

Turar joyning bir qismida qayta qurilish ishlari amalga oshirilgan bo'lsa va qurilishi tugallanmagan bo'lsa, turar joy bo'yicha (alohida qismlarga ajratmagan holda) kadastr pasporti qayta tayyorlanadi.

 Bunda turar joyning qolgan qismi va qurilishi tugallanmagan qismi bo'yicha ma'lumotlar ko'rsatib o'tiladi hamda unga bo'lgan huquq davlat ro'yxatidan o'tkazilib reyestrdan ko'chirma taqdim etiladi. Buning uchun tegishli bo'lgan hujjatlarni Davlat xizmatlari markaziga taqdim etish kerak.

Bank imtiyozli krediti asosida 6 sotixli kottedj uydan olganman. Hozirgi kunda shu uyni qay tartibda sotsam bo'ladi?

Turar-joy ob'ektingiz kredit tashkilotlarining (banklarni) kredit mablag'lari hisobiga sotib olingan bo'lsa va kredit qismi qoplanmagan taqdirda sotish uchun kredit tashkilotining (bankning) roziligi kerak bo'ladi.

Davlat tomonidan uy olishim uchun nomimda uy-joy bor yoki yo'qligi xaqidagi 10 yillik malumotnomani olishim kerak. Davlat xizmatlari markaziga ariza topshirdim menga u yerdan rad javob keldi. Nima qilishim kerak?

Agar siz harbiy xizmatchi bo'lsangiz, oxirgi 10 yil mobaynida nomingizda uy-joy bor-yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnomani o'zingiz xizmat qilayotgan harbiy qismning kadrlar bo'limidan yoki shaxsan o'zingiz «Davergeodezkadastr» qo'mitasi qoshidagi Davlat kadastrlari geadeziya kartografiya miliy markaziga xat hamda  info@gkmm.uz elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11122 | Инструменты