Huawei 1
UzAuto Motors Cobalt va Lacetti narxlari oshishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyundan boshlab UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyasini taqdim qilishi, Cobalt va Lacetti narxlari esa $20-23 ming dollardan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi.UzAuto Motors ushbu xabarga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, kompaniya bu bo‘yicha hech qanday ma’lumot taqdim qilmagan. Ushbu ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘onligini ta’kidlab o‘tish kerak.

"Turli sahifa egalarini odamlar e’tiborini tortish uchun ular qiziqqan yo‘nalishda biror bir faktga asoslanmagan axborotni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz", - deya yozadi UzAuto axborot xizmati.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70709 | Инструменты