Huawei 1
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

UzAuto Motors kompaniyasi 29 may kuni soat 14:40 da Shevrolet Malibu XL avtomobili uchun kontraktatsiya qayta boshlanganini ma’lum qildi.

Kompaniya bugundan boshlab har bir mijoz avtomobilni o‘ziga yoqqan rangda, kerakli modifikatsiyasida tanlash imkoniga egaligini xabar qildi.

Lekin oradan bir soat ham o‘tmay, soat 15:22 da barcha shartnomalar yakunlangani ma’lum qilindi. Rasmiy xabarda nechta shartnoma tuzilgani ochiqlanmagan.

Qayd etish lozim, soat 14:58 holatida ham, Uzavtosavdo.uz saytida Malibu XL avtomobili uchun shartnoma olish imkoniyati bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, UzAuto Motors Malibu sotuvini aprel oy boshida to‘xtatgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60114 | Инструменты