“UzAuto Motors” avtomobillar sotuvi jarayonini to‘liq onlayn tarzda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Avgust oyidagi avtomobillar uchun navbatni kamaytirishga qaratilgan choralar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda jadval asosida sotish navbatlarni 3 barobarga, kutish muddatini esa o‘rtacha 1−3 oyga qisqartirish imkonini bergan.
"Ammo, kutish muddatlari bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish bo'yicha qilingan yechimlar, dilerlik markazlarida ommaviy avtomobillar uchun shartnomalarni olishdagi keskinlikni kamaytirmadi, bu esa haqli ravishda iste'molchilarning noroziligini keltirib chiqarishga sabab bo'lmoqda", deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, 3-noyabr kuni UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Captiva-5 avtomobillari uchun kontraktatsiyani ochdi. Biroq, kompaniya rasmiy sayti va mobil ilovasida texnik nosozliklar yuzaga kelgan. Dasturiy ta'minotda yuqori yuklanish tufayli yuzaga kelgan texnik nosozliklar uni sezilarli darajada yangilash zarurligini ko'rsatgan.
"Shu munosabat bilan, "UzAuto Motors" kompaniyasi Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda "UzAvtoSavdo" tizimini modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, tizimning texnik jihozlanishini kuchaytirish bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda, bu esa uning yuqori tezlikda yuklanishlarni to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi.
Onlayn sotuv bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarning yakunlanishi va onlayn savdoga to‘liq o‘tish vaqtini "UzAuto Motors" o‘zining barcha rasmiy kanallarida qo‘shimcha ravishda e’lon qiladi", deyiladi kompaniya xabarida.
Ayni paytda xaridorlar "UzAutoSavdo" ilovasini ((iOS/Android) oʻrnatishlari va keyingi avtomobil xaridlari uchun "UzAuto Motors" savdo tizimida (savdo.uzavtosanoat.uz) roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Shuningdek, kompaniya modernizatsiya doirasida onlayn-savdo tizimida texnik ishlar olib borilayotgani bois, joriy yilning 1-dekabr kuni soat 09:00 dan 24:00 gacha "UzAvtoSavdo" tizimi vaqtincha ishlamasligini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avtomobilni onlayn xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
1. OneID tizimidan ro'yxatdan o'tish;
2. Telefonga "UzAutoSavdo" ilovasini yuklab olish ((iOS/Android), savdo.uzavtosanoat.uz. saytiga kirishi kerak;
3. OneIDdagi parol yoki login yordamida sayt/ilovadan ro'yxatdan o'tish;
4. Avtomobil modeli, rangi va komplektatsiyasi hamda ma'qul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish kerak bo'ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62409 | Инструменты