Huawei 1
UzAuto Motors yangi komplektatsiyadagi Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas rusumidagi avtomobillar narxini e’lon qildi

UzAuto Motors ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo’shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.

UzAuto Motors kompaniyasi ishlab chiqarish hajmining o'sishini hisobga olgan holda, Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas modellarining yangi komplektatsiyalari uchun kontraktatsiya ochilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, avvaldan mavjud bo’lgan komplektatsiyalarning narxlari o’zgarishsiz qoladi.

Bundan tashqari, avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda.

Yangilangan komplektatsiyalar qo’shimcha opsiyalar bilan:

Damas D2 DLX Style Plus: 92 204 000;                        

LABO LB2 Plus: 91 669 000;

COBALT GS-Style Plus MT: 113 711 000;

COBALT GX-Style Plus AT: 134 294 000;

LACETTI  L-Style Plus MT CNG: 144 111 000;

LACETTI  L-Style Plus AT: 160 868 000.

Izohlar: 7
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63010 | Инструменты