Havo kemalarining uchishi va qo‘nishi vaqtida lazer nurlarini havo kemasiga yo‘naltirish holatlari ko‘payib bormoqda.
Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qilmoqda.
Shu munosabat bilan fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 116(1)-moddasida javobgarlik nazarda tutilganligi eslatib o‘tilmoqda.
Ushbu moddaga asosan havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilab berilgan.
“Yo‘lovchilar va havo kemasi ekipaji aʼzolarining hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazishi va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida barcha fuqarolardan parvozlar xavfsizligini taʼminlash talablariga rioya etishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты